Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masjid ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganlar ma’muriy jazoga tortiladi

Masjid ehson qutisidan pul o‘g‘irlaganlar ma’muriy jazoga tortiladi

Internetda ikki yosh yigit ehson qutisidan pul o‘g‘irlagani tasvirlangan video tarqatilgan edi.

IIBB tomonidan xabar qilinishicha, darhaqiqat, 8-fevralda Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi «Abu Hurayra» masjidi qorovulidan murojaat kelib tushgan. Masjid imom xatibi ehson qutisida taxminan 300 ming so‘m miqdorida pul bo‘lishi mumkinligini aytgan.

Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida o‘g‘irlik jinoyati 5-fevraldan 6-fevralga o‘tar kechasi bo‘lgani aniqlandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘g‘irlikni 22 yoshli Suhrobjon U. va 27 yoshli Mirzohid D. amalga oshirgan.

Ular ehson qutisini ochib, so‘ngra yashirinishgan. Keyinroq pulni bo‘lib olishgan. Ularning har biriga 215 ming so‘mdan tushgani aytilmoqda.

Suhrobjon va Mirzohidlar Ma’muriy kodeksning 61-moddasi («Kichik o‘g‘irlik») bilan ayblanmoqda va ularning ishi Uchtepa tuman ma’muriy sudiga yo‘naltirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring