Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashinasida yosh bolani urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Mashinasida yosh bolani urib, qochib ketgan haydovchi qo‘lga olindi

Foto: «Xabar.uz»

Avvalroq Toshkentda noma’lum haydovchi yosh bolani o‘z mashinasida urib ketib, voqea joyidan qochib ketgani haqida xabar bergan edik. Toshkent shahar IIBB ushbu hodisa tafsilotlarini ma’lum qildi.

Bugun soat 20.50 dan 21.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Shayxontoxur tumani Beruniy ko‘chasidagi aviakassa qarshisida «Matiz» rusumli avtomobilni boshqarib borgan haydovchi 5 yoshli bolani urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.

Haydovchi qo‘lga olinib, uning 27 yoshli Ilyos I. ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasidan so‘ng u o‘z avtomobilini Ko‘kcha masjidi yaqinidagi mahallada qoldirib, yashirinishga uringan vaqtda qo‘lga olingan.

Hozirda tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring