Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mashhur «Tanka» badiiy filmining rejissyori vafot etdi

Mashhur «Tanka» badiiy filmining rejissyori vafot etdi

Foto:«O‘zbekkino»

«Tanka» badiiy filmining rejissyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Toreniyaz Qalimbetov vafot etdi. Bu haqda «O‘zbekkino» matbuot xizmati xabar berdi. 

Qalimbetov Toreniyaz Djumabayevich, 1954-yil 19-yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumanida, ishchi oilasida tug‘ilgan, 1976-yili Toshkent madaniyat institutini rejisser yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan. T.Qalimbetov «Qozoqfilm»da, Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasida, «Qoraqalpoqfilm» kinostudiyasida va «Qoraqalpoqkino» agentligida rejissyorlik va turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan. T.Qalimbetov rejissyor sifatida 30 ga yaqin badiiy va hujjatli filmlar yaratgan va turli kinofestivallarda munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Rejissyorning eng mashhur filmlari qatorida 2002-yilda suratga olgan, xalqimiz sevib tomosha qiladigan «Tanka» badiiy filmini olish mumkin.

Filmdan lavha.

«Xabar.uz» axborot-tahliliy portali marhumning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring