Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashhur opa-singil shaxmatchilar terma jamoadan chiqarib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

Mashhur opa-singil shaxmatchilar terma jamoadan chiqarib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston tarixida ayollar o‘rtasida birinchi xalqaro grossmeyster maqomini olgan Nafisa Mo‘minova va uning singillari – grossmeyster Hulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar terma jamoadan chetlatilgan. Bu haqda mashhur shahmatchi opa-singillarning o‘rtanchasi ma’lum qildi.

Hulkar Tohirjonovaning «Olamsport» nashriga bildirishicha, oilaning kenjasi Gulruhbegim Tohirjonova ayni paytda AQSh nomidan dona surmoqda.

«Gulruhbegim hozir AQShdagi Missuri universiteti jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Agar xalqaro musobaqalarda ishtirok etadigan bo‘lsa, AQSh nomidan dona suradi. U ayni paytda klubi bilan birga klublar o‘rtasidagi Yevropa chempionatida o‘ynamoqda», degan Hulkar.

Ammo u Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqaroligini olmagan. Faqatgina federatsiya o‘zgargan. Gulruhbegim O‘zbekiston fuqarosi.

Uning ushbu taklifni qabul qilishiga nima sabab bo‘lganini opasi quyidagicha izohlagan: «Bunga sabablar ko‘p. Bu haqida omma oldida shov-shuv qilmoqchi emasdik. Biz faqatgina O‘zbekiston uchun o‘ynaganmiz. Asosiy qarorni o‘zi qabul qildi. Dadam, opam va men bunga qarshilik qilmadik. Gapirsa gap ko‘p. Shu to‘g‘ri qaror deb hisobladik.

– O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi bunga munosabat bildirdimi?

– Yo‘q, federatsiya tomonidan bunga hech qanday rasmiy munosabat bo‘lgani yo‘q. Biz o‘z ishimizni davom ettiryapmiz, «Sky Chess» klubi faoliyat olib bormoqda. Ancha yillardan buyon terma jamoada o‘ynamayapmiz. Uchchalamizni ham terma jamoadan chiqarib yuborishgan.

Opam ham Yevropa klubi tarkibida onlayn musobaqada ishtirok etmoqda, deydi Hulkar Tohirjonova.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring