Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Markaziy bank ichki valyuta bozori to‘g‘risida sharh berdi

Markaziy bank ichki valyuta bozori to‘g‘risida sharh berdi

Foto: «Xabar.uz»

2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mrld. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (18,3 mrld. doll.) nisbatan 1,3 barobarga oshdi, deyiladi Markaziy bank sharhida.

Ichki valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

Valyuta birjasi orqali amalga oshirilgan operatsiyalar

Valyuta birjasining banklararo savdo sessiyalarida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarning hajmi 15,5 mlrd. dollarni tashkil etib, bundan jami talab 7,7 mlrd. dollarga, taklif esa 4,8 mlrd. dollarga teng bo‘ldi.

1-rasm

Valyuta birjasida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalari hajmi

(2018-2019-yil yanvar-sentyabr oylari)

mln. AQSh dollarida

Yuqorida keltirilgan talab va taklif o‘rtasidagi 2,9 mlrd. dollar miqdoridagi tafovut Markaziy bankning sof intervensiyalari hisobiga qoplanib, yil boshidan mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olingan monetar oltin hajmi (3,0 mlrd. doll.) doirasida bo‘ldi. Bu o‘z navbatida, pul-kredit siyosatidan kelib chiqib, iqtisodiyotga qo‘shimcha kiritilgan likvidlikni sterilizatsiya qilish imkonini yaratdi.

2-rasm

Markaziy bank tomonidan sotib olingan monetar oltin va intervensiya xajmi

(2019-yil yanvar-sentyabr oylari)

mln. AQSh dollarida

Birjadan tashqari valyuta bozorida amalga oshirilgan operatsiyalar:

— Birjadan tashqari valyuta bozorida tijorat banklari tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami hajmi 5,2 mlrd. dollarga teng bo‘ldi. Bunda tijorat banklari mijozlar-yuridik shaxslardan 3,0 mlrd. dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotib olib, o‘z navbatida ularga 2,2 mlrd. dollar miqdorida valyuta mablag‘lari sotildi. Ushbu operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan 0,8 mlrd. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari tijorat banklarining o‘z ihtiyorida qolib, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif shakllanishiga zamin yaratdi.

3-rasm

Birjadan tashqari valyuta bozoridagi operatsiyalar hajmi
(2018-2019-yil yanvar-sentyabr oylari)

mln. AQSh dollarida

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali tijorat banklari bilan aholi o‘rtasida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi (naqd va naqdsiz shaklda) operatsiyalarining jami hajmi 3,6 mlrd. dollarga yetdi. Bunda aholidan sotib olingan valyuta mablag‘lari 2,5 mlrd. dollarni, aksincha ularga sotilgan valyuta miqdori 1,0 mlrd. dollarni tashkil etdi. Yuqoridagi kabi, aholi bilan amalga oshirilgan operatsiyalar natijasida yuzaga kelgan 1,5 mlrd. dollar miqdoridagi valyuta mablag‘lari ham ichki valyuta bozorida taklif yaratdi.

Tijorat banklarining aholi bilan valyuta oldi-sotda operatsiyalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.

4-rasm

Jismoniy shaxslar bilan amalga oshirilgan operatsiyalar hajmi

(2019-yil yanvar-sentyabr oylari)

mln. AQSh dollarida

Shuningdek, joriy yil yanvar-sentyabr oylari davomida aholi tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari jami aylanma hajmi 5,2 mlrd. dollarni tashkil etib, bundan 4,5 mlrd. dollar valyuta mablag‘lari respublikaga xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi orqali kirib kelgan bo‘lsa, 0,8 mlrd. dollar aholi tomonidan chet el mamlakatlariga yuborilgan.

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikamizga kirib kelgan valyuta mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga oshdi (2018 yil yanvar-sentyabr — 3,8 mrld. doll.).

Valyuta kursi dinamikasi

2019-yilning 9-oyida davomida milliy valyutamizning chet el valyutasiga nisbatan kursi ichki valyuta bozorida mavjud talab va taklifdan kelib chiqib 13 foizga pasaydi. Ushbu davr mobaynida valyuta kursining minimal va maksimal ko‘rsatkichi mos ravishda 8334 so‘m/doll (yanvar oyida) va 9457 (sentyabr oyida) so‘m/dollarni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan so‘ng sentyabr-oktyabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin o‘zgarishi kutilmayapti. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring