Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Marhumga qo‘shib ko‘milayotgan qadriyat: Jak Shirakning tobuti ro‘parasida selfi tushishdi

Marhumga qo‘shib ko‘milayotgan qadriyat: Jak Shirakning tobuti ro‘parasida selfi tushishdi

Foto: «Twitter»

Fransiyaning sobiq prezidenti, marhum Jak Shirakni so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun kelgan ayrimlarning xatti-harakatlari ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining g‘azabini keltirmoqda: ular tobutdan uzoqlashmay ham turib smartfonlarida selfi suratlar olishgan.

Bir tomondan selfi tushganlar, ikkinchi tomondan ularni pinagini ham buzmay tomosha qilib turgan huquq posbonlari jamoatchilikning g‘azabini keltirdi.

«Odamlar Nogironlar uyiga tobut bilan selfi tushish uchun kelishibdi. Qo‘rqinchli» — BFM TV yuzerlardan biridan shunday iqtibos keltirmoqda.

«Nega bu taqiqlanmagan? Ular o‘zlarining sevimli kishilari tobutda yotishsa ham shu ishni qilisharmidi? Ko‘nglim behuzur bo‘lib ketyapti», — deydi boshqa bir foydalanuvchi.

Eslatib o‘tamiz, Jak Shirak 26-sentyabr kuni 86 yoshida olamdan o‘tgan edi. U Fransiya prezidenti sifatida 1995-yilning 17-mayidan 2007-yilning 16 mayiga qadar faoliyat yuritgan. Kecha, 29-sentyabr kuni fransuz xalqi uchun Nogironlar uyida sobiq davlat rahbarini so‘nggi yo‘lga kuzatish marosimi o‘tkazilgandi. Bugun esa ushbu marosimda qatnashish uchun ko‘plab davlat rahbarlari, siyosatchilar Parijga yetib borishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring