Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Malayziyada itni yo‘lbarsga «aylantirgan» shaxs qidirilmoqda

Malayziyada itni yo‘lbarsga «aylantirgan» shaxs qidirilmoqda

Foto: «Wallpaperaccess.com»

Malayziyada jonivorlarni himoya qiluvchilar uysiz itni yo‘lbars rangiga bo‘yagan rassomni javobgarlikka tortish maqsadida uni qidirishmoqda, deb yozadi «Mirror».

Noma’lum kimsa itni to‘q sariq va qora yo‘l-yo‘l chiziqqa bo‘yab qo‘ygan. Yo‘lbars rangi shu darajada haqqoniy chiqqanki, faollar it bilan professional rassom shug‘ullangan degan xulosaga kelishgan. Ular rassomni topishga yordam berishlarini so‘rab fuqarolarga murojaat qilishgan. Jonivorni tahqirlagani uchun uni javobgarlikka tortishmoqchi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring