Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Maktablarda «Yo‘l harakati qoidalari» sinfxonalari bo‘ladi

Maktablarda «Yo‘l harakati qoidalari» sinfxonalari bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Qaror bilan tasdiqlanishi kutilayotgan “Yo‘l xaritasi”ga quyidagi chora-tadbirlar kiritilgan:

  • 2020-yilning mayiga qadar MDH doirasida 1997-yil 28-martda qabul qilingan “Yo‘l harakati qoidalarini ma’muriy buzish holatlari bo‘yicha qarorlarni o‘zaro tan olish va ijro etish to‘g‘risida”gi Konvensiyaga ishtirok etishning tegishli xulosasi;
  • 2019-2021-yillarda respublika umumta’lim maktablarida o‘quvchilarga “Yo‘l harakati qoidalari”ni o‘qitish bo‘yicha maxsus sinfxonalarni jihozlash;
  • Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi YHXB YPX brigadasining
    1-bataloni hamda Chilonzor va Uchtepa tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi 4-bataloni uchun yer maydoni (bino) ajratish va jihozlash;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida bittadan tumanlararo transport vositalarining texnik holatini diagnostika qilish stansiyalarini bosqichma-bosqich barpo etish.

Muhokama joriy yilning 23-noyabriga qadar davom etadi.  

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring