Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktabdagi qing‘irlik

Maktabdagi qing‘irlik

Foto: «Xabar.uz»

Majburiy ijro byurosining Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan Kattaqo‘rg‘on shahridagi umumta’lim maktablarining birida maktab mansabdor shaxslari va boshqalarning qilmishlari fosh etilgan.

Jumladan, ular tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-yanvardagi «Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori talablariga zid ravishda maktab hovlisidagi 3x2 xonada elektr energiyasiga elektr hisoblagichsiz, o‘zboshimchalik bilan ulanib, suv nasosi uchun elektr energiyasidan noqonuniy ravishda foydalanib kelgan.

Holat bo‘yicha tegishli tartibda tarmoqdan uzilib, hujjatlashtirilgan.

Olingan xulosalariga ko‘ra, maktab mansabdor shaxslari va boshqalar davlat manfaatlariga 25 mln. 603 ming zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 1852-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring