Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Maktab darsliklari uchun ijara to‘lovi 30 sentyabrgacha to‘liq to‘lanadi

Maktab darsliklari uchun ijara to‘lovi 30 sentyabrgacha to‘liq to‘lanadi

Maktabdagi darsliklar to‘plami uchun ijara to‘lovi 30 sentyabrgacha to‘liq hajmda to‘lanadi.

O‘quvchilarning ota-onalari pul mablag‘lari vaqtinchalik yo‘qligi sababli, ijara to‘lovi muddatini uzaytirish to‘g‘risida umumta’lim maktabi ma’muriyatiga murojaat qilishi mumkin.

Ijara to‘lovi muddati uzaytirilgan taqdirda, mazkur to‘lovning 50 foizi 30 sentyabrgacha, qolgan qismi esa 30 noyabrgacha to‘lanishi lozim.

Eslatib o‘tamiz, maktablarning ayrim o‘quvchilari darsliklar to‘plami bilan bepul ta’minlanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring