Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Makka va Madinaga olib boradigan vokzalda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Makka va Madinaga olib boradigan vokzalda kuchli yong‘in sodir bo‘ldi

Saudiya Arabistonining Jidda shahrida joylashgan markaziy temir yo‘l stansiyasida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Buning natijasida o‘n kishi jarohat olgani xabar qilinmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in bino tomidan boshlangan. Hozirda temir yo‘l aloqasi vaqtincha to‘xtatib qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, «Al-Haramayn» temir yo‘llari Saudiya Arabistonining ikkita muqaddas shahri — Makka va Madinani Qizil dengiz sohilida joylashgan Jidda porti bilan bog‘laydi. Ushbu marshrutning uzunligi taxminan 450 kilometrni tashkil etadi, qiymati esa yetti milliard dollardan ziyodga baholangan.

Turizmni rivojlantirish loyihasi doirasida qurilgan «Al Haramayn» yo‘lining rasmiy ochilish marosimi o‘tgan yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tgan edi.

Keyingi kuni Saudiya Arabistoni birinchi marta 49 ta davlat fuqarolari uchun sayyohlik vizalarini joriy etayotganini ma’lum qildi.

Manba: azon.uz

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring