Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Yaxshi yashashga barcha haqli»: koreyaliklar sardobaliklarga yordam bermoqda

«Yaxshi yashashga barcha haqli»: koreyaliklar sardobaliklarga yordam bermoqda

Foto: Mahalla vazirligi

20-dekabr kuni Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi hamda Koreya hamkorlik agentligi (KOICA) hamkorligida «Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi» loyihasi doirasida Oqoltin, Sardoba va Mirzaobod tumanlariga press-tur uyushtirildi.

«KOICA» sog‘liqni saqlash, ta’lim, axborot texnologiyalari, kommunal xizmatlar, qishloq va suv xo‘jaligi, energetika, transport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha doimiy hamkorlik qilib kelmoqda. Koreya xalqaro hamkorlik agentligining O‘zbekistondagi ofisi vakillari tomonidan «Sirdaryo viloyatidagi aholining zaif qatlamini qo‘llab-quvvatlash dasturi» loyihasini hamkorlikda amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolangan.

Press-tur doirasida Oqoltin tumanidagi «Shodlik», Sardoba tumanidagi «Birlik» mahalla fuqarolar yig‘ini binosi hamda Mirzaobod tumanidagi «Dehqonobod» mahallasi hududida joylashgan Madaniyat markazi binosida tashkil etilgan «Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskanlari» markazlarining ochilish marosimlari o‘tkazildi.

Tadbirlarda Mahalla va oilni qo‘llab-quvvatlash vaziri Rahmat Mamatov, Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi direktori Pak Sunjin, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofur Mirzayev ishtirok etdi.

3 ta o‘quv markazi hududdagi 200 nafarga yaqin ayollar va yoshlarni bir vaqtning o‘zida pazandachilik, kompyuter savodxonligi mutaxassisliklari bo‘yicha professional o‘qitish va bu orqali ularni ma’lum daromad manbalari bilan ta’minlash, iqtisodiy faolliklarini yanada oshirish, aholining takliflari asosida keyinchalik qo‘shimcha ravishda xizmat ko‘rsatish, tadbirkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini ochish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, Sardoba tumanidagi «Mahalla aholisini kasb-hunarga o‘qitish maskani» qoshida kutubxona va ayollarga zarur maslahatlar beruvchi alohida xizmat turlari tashkil etilgan.

Ma’lumki, joriy yilning may oyida Sirdaryo viloyatining Sardoba suv omborida ro‘y bergan texnogen vaziyat tufayli hududdagi Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlaridagi bir qancha aholi punktlari, ijtimoiy soha ob’yektlari, qishloq xo‘jaligi ekinlariga jiddiy zarar yetkazgan edi. Pak Sunjin xonim mazkur markazlar haqida fikr bildirar ekan shunday dedi: «Pandemiya Janubiy Koreyaga ham oson kelmadi. Mamlakatimiz tezkor choralar ko‘rdi. Bizda «Faqat biz yaxshi yashashimiz kerak emas. Bunga boshqalar ham haqli» tamoyili asosida ko‘plab davlatlarga yordam dasturi ishlab chiqildi. Shularning ichida eng katta hamkorlarimizdan biri, shubhasiz, O‘zbekistondir. Xabarim bor, shu yilning may oyida Sirdaryo viloyatida Sardoba suv omborining texnogen falokati ortida mamlakatingiz fuqarolari qattiq zarar ko‘rdi. «KOICA» tamonidan qurilgan mazkur o‘quv-markazlari aholining iqtisodiy quyi qatlamiga katta yordam bo‘ladi deb o‘ylayman».

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring