Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Madaniyat vaziri: Baxshichilik festivali Prezident tashabbusi, biz ijrochi xolos

Madaniyat vaziri: Baxshichilik festivali Prezident tashabbusi, biz ijrochi xolos

Foto: Behzod Abdujabborov

Termiz shahrida o‘tkazilayotgan birinchi baxshichilik festivali doirasida O‘zbekiston Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

— Baxshichilik festivali shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etildi. Biz shunchaki ijrochi holos. Bu yerga kelgan ko‘plab xorijlik mehmonlar bilan o‘tgan yili Shahrisabzda tashkil etilgan maqomchilik festivalida ham ko‘rishgan edik. O‘sha festival ham Prezidentimiz tashabbusi bilan o‘tkazilgandi.

Festivalimiz sizga yoqayotganini ko‘zingizdan ko‘rib turibman. Baxshichilik san’ati oxirgi vaqtlarda tanazzulga yuzlanayotgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan baxshichilik maktablari tashkil etilmoqda. Bu majburiy ta’lim emas, balki san’atimizni qo‘llab-quvvatlashdir.

Muhtaram Yurtboshimizning kechagi nutqidan eshitgan bo‘lsangiz, endi «O‘zbekiston xalq baxshisi» unvoni joriy etildi. Biz o‘zbek dostonini dunyoga doston qilyapmiz. O‘zbek xalqi qadimiy san’at va qadriyatga ega xalq. Oxirgi ikki yilda muhtaram Prezidentimizning 45 ta qarori e’lon qilindi. Mana shu asosda ish olib bormoqdamiz.

Biz faqat maqom va baxshi bilan cheklanmaymiz. Masalan Qo‘qonda hunarmandlar festivali bo‘lib o‘tadi. Shuningdek Samarqandda Sharq taronalari muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

Baxshichilik festivalining ochilishi marosimini dostonlar kechasi, deb aytgan bo‘lardim. Bu shunchaki konsert emas, balki haqiqiy spektakl bo‘ldi, — deydi Baxtiyor Sayfullayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring