Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Lui II»dagi tomosha: mehmonlar mezbonlarni ayab o‘tirishmadi

«Lui II»dagi tomosha: mehmonlar mezbonlarni ayab o‘tirishmadi

Foto: «Livesport»

Kecha Fransiya chempionatiga start berildi. Birinchi turda «Lion» klubi «Monako» mehmoni bo‘ldi.

«Lui II» stadionida o‘tgan o‘yin mehmonlarning g‘alabasi bilan tugadi: 0:3.

«Lion» hujuchisi Mussa Dembele 5-daqiqadayoq jamoasini oldinga olib chiqdi. 30-daqiqada maydondan chetlatilgan ispaniyalik Sesk Fabrgeas jamoasini og‘ir ahvolda qoldirdi. Oradan olti daqiqa o‘tib, Memfis Depay ikkinchi golni kiritdi.

80-daqiqada urilgan gol bilan «Lion» futbolchisi Luka Tuzar o‘yinga so‘nggi nuqtani qo‘ydi.

Birinchi turning qolgan o‘yinlari

Bugun, 10-avgust

  • Marsel — Reyms
  • Anje — Bordo
  • Brest — Tuluza
  • Dijon — Sent-Eten
  • Monpele — Renn
  • Nitssa — Amen

Ertaga, 11-avgust

  • Lill — Nant
  • Strasbur — Mets
  • PSJ — Nim.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring