Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasiga vitse-prezident etib saylandi

Laziz Hasanov Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati federatsiyasiga vitse-prezident etib saylandi

Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti Jianni Saritsu Laziz Hasanovga maxsus sertifikatni topshirdi. 

Foto: «olamsport.com»

Shu kunlarda poytaxtimizda taekvondo ITF bo‘yicha O‘zbekiston Kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Butunjahon yakka kurashlari va jang san’ati prezidenti, professor Jianni Saritsu ham ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «olamsport.com».

Ma’lum qilinishicha, janob Jianni O‘zbekiston taekvondo Milliy Assotsiatsiyasi raisi Laziz Hasanovni Butunjahon yakka kurashlar va jang san’ati WASCO federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti etib saylanganini e’lon qilgan. 

Shuningdek, Saritsu Laziz Hasanovga qora belbog‘ 9-DAN sohibini anglatuvchi maxsus sertifikatni ham topshirgan. 

Shuningdek, G‘ofurjon Abduvaliyev O‘zbekiston WASCO federatsiyasi prezidenti etib saylangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring