Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘z ojiz yapon yelkanli kemada Tinch okeanini suzib o‘tdi

Ko‘z ojiz yapon yelkanli kemada Tinch okeanini suzib o‘tdi

Mitsuxiro Ivamoto va yordamchi-kuzatuvchi Dag Smit Ivaki portida.

Yapon dengizchisi Mitsuxiro Ivamoto Tinch okeanini yaxtada mustaqil suzib o‘tgan birinchi ko‘zi ojiz inson bo‘ldi. Bu haqda «BBC» xabar berdi.

Mitsuxiro Ivamoto 14 ming kilometrni bosib o‘tish uchun qariyb ikki oy tinmay suzdi.

«Taslim bo‘lmadim, nihoyat orzuim ushaldi. Men eng baxtli insonman», — dedi Mitsuxiro Ivamoto.

Yaponiyalik San-Diyegodagi portdan 24-fevral kuni start olgandi. Unga yordamchisi va kuzatuvchisi Dag Smit sherik bo‘ldi. «Japan Times» yozishicha, yelkanli kemani Ivamotoning o‘zi boshqardi, Smit esa shturman vazifasida unga yo‘l ko‘rsatib turdi.

O‘n ikki metrli «Dream Weaver» yelkanli kemasi so‘nggi manzil — Yaponiyadagi Ivaki porti (Fukusima prefeturasi)ga shanba, 20-aprel kuni yetib keldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring