Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi

Koronavirusning asosiy simptomlari o‘zgardi

Foto: «Doctor Smart»

Koronavirusning mutatsiyaga uchrashi uning simptomlari o‘zgarishiga olib keldi. London Qirollik kolleji olimlari aytishicha, ayni paytda COVID-19ning eng ko‘p tarqalgan simptomlari — bosh og‘rig‘i, tumov va tomoq og‘rig‘i.

Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash milliy xizmati isitma, tinimsiz yo‘tal, hid va ta’m bilishning yo‘qolishini hamon asosiy simptomlar deb hisoblaydi.

Genetik epidemiologiya professori Tim Spektor aniqlik kiritishicha, koronavirusning «hindcha shtammi» endi oddiy shamollashni eslatadi. Bu xil simptomi bor kishilar COVID-19 testi topshirishlari tavsiya etilmoqda. Shunda kasallik tarqalishining oldi olinadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti esa isitma, quruq yo‘tal va holsizlikni COVID-19ning asosiy simptomlari sifatida tasniflagan.

Jons Hopkins universiteti ma’lumotiga ko‘ra, koronavirus pandemiyasi davrida jahonda 175,2 million kishi kasallandi, kovid qurbonlari soni 3,7 million nafardan oshdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring