Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusning antiqa davosi topildi

Koronavirusning antiqa davosi topildi

Foto: «News.myseldon.com»

Xitoylik shifokorlar COVID-19 koronavirusi bilan og‘rib tuzalgan odamlarning plazmasini kasallikni yuqtirgan bemorlarga quygandi, bu koronavirusni davolashda samarali bo‘lib chiqdi, deya xabar beradi «Sinxua» agentligi.

Yangi davolash usulining samaradorligi haqida Uxandagi shifoxona bosh shifokori Chjan Dinyuy matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Ekspertlarning izohlashicha, kasallikni yenggan ayrim kishilarning plazmasida antitanachalar aniqlanib, ular koronavirusga qarshi kurashishda yordam beradi.

«Global Times» gazetasining xabariga ko‘ra, yangi davolash usuli bilan og‘ir ahvolda bo‘lgan o‘nta bemorni davolashga muvaffaq bo‘lingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring