Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi

Koronavirusga chalinganlar soni 555 nafarga yetdi

2020-yil 9-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 555 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kecha, 8-aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, koronavirusga chalinganlar soni 546 nafarga yetgani xabar qilingan edi. O‘tgan vaqt davomida yana 9 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu kasallikdan butunlay sog‘ayganlar soni hozirda 30 nafarni tashkil etmoqda. Uch kishi esa vafot etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring