Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan tuzalganlarda oshqozon-ichak kasalliklari kuzatiladimi?

Koronavirusdan tuzalganlarda oshqozon-ichak kasalliklari kuzatiladimi?

Foto: «Medru.su»

— Koronavirus ko‘p bemorlarda oshqozon-ichak tizimi kasalligi bilan kechishi kuzatilmoqda, — deya ta’kidladi SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva. — Ba’zilarda esa nafas yo‘llari jarohatlanishi bilan kechsa-da, bu kasallik jarayonida ichilgan dori vositalar ta’sirida oshqozon-ichak tizimida ko‘pgina o‘zgarishlar kelib chiqmoqda. Bugungi kunda kasallanib tuzalgan ko‘pgina bemorlar oshqozon-ichak tizmi muammolari bilan murojaat etmoqdalar.

Buning bir necha sabablari bor:

  1. Koronavirus infeksiyasi ichak epiteliotsitlarini jarohatlashi bois oshqozon va ichakda kuchli o‘zgarish bo‘lib, kuchli ich ketishi kuzatiladi.
  2. Kasallik paytida oshqozon-ichak tizimi jarohatlanmasa-da, ba’zi kuchli dori vositalarining (ayniqsa, antibiotiklar) nojo‘ya ta’siri oqibatida ich ketishi kuzatiladi;
  3. Koronavirus kasalligi jarayonida oshqozon-ichak tizimi shilliq qavati jarohatlanmaydi, ammo umumiy yallig‘lanish ta’sir qilib turadi, noto‘g‘ri ovqatlanish, shuningdek, qovurilgan, achchiq, nordon ovqatlarni iste’mol qilish bilan oshqozon ichak tizimida o‘zgarish kuzatiladi va ich ketish mumkin.

Bu holatlarning birontasi kuzatilsa, albatta, shifokorga murojaat etish kerak. Umumiy qon, peshob va axlat taxlillarini topshirish, kerak bo‘lsa, yana boshqa instrumental tekshiruvlardan o‘tish zarur. Ayniqsa, surunkali ravishda ich ketishi kuzatilgan bemorlardan shifokor nazorati ostida kasallik sababini aniqlash hamda davolanish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring