Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koronavirusdan davolanuvchilar «shaharcha»si uchun 1600ta «palata» tayyor bo‘ldi (video)

Koronavirusdan davolanuvchilar «shaharcha»si uchun 1600ta «palata» tayyor bo‘ldi (video)

Videolavhadan skrinshot

O‘rtasaroydagi yangi tibbiyot klinikasining davolanuvchilari uchun qurilgan «palata»larning birinchi partiyasi ketishga tayyor bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Konteynerlarni tayyorlash jarayoniga 2 300 kishi jalb qilingan bo‘lib, har bir konteyner uch kishiga mo‘ljallangan.  Hozirda 1600 ta konteynerdan iborat birinchi partiya jo‘natilishga tayyor. Bitta konteynerning ishlab chiqarilishiga taxminan 6-7 soat talab etiladi.

Konteynerlarning tom qismida maxsus izolyasiya materiali o‘rnatilgan bo‘lib, u konteyner ichida zarur mikroiqlimni yaratishga ko‘mak beradi. Shuningdek ularning har biri hojatxona, dush va konditsioner bilan jihozlangan.

Konteynerlar manzilga foydalanishga tayyor holatda yetkaziladi. Faqatgina televizorlar joyida o‘rnatiladi.     

Ahamiyatlisi shundaki, konteynerlar turli maqsadlarda qo‘llanish uchun mos holda ishlab chiqarilmoqda hamda ular koronavirus infeksiyasi ustidan g‘alaba qozonilganidan keyin ham ishlatilishi mumkin.

Tabiiyki, sanitar talablar ham yoddan ko‘tarilmagan: kirib-chiqayotgan har bir avtomobil ikkita maxsus mashina yordamida dezinfeksiya qilinmoqda. Ishchilar esa teplovizorlarda tekshirilib, gigiyena vositalari bilan ta’minlanayapti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring