Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Koronavirusda osma ukol olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi» — ekspert

«Koronavirusda osma ukol olish zararli va o‘lim xavfini oshiradi» — ekspert

Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a’zosi Sevara Ubaydullayeva koronavirusda osma ukol olish juda xavfli ekanini qayd etdi.

— Odamlar «Oldin shamollaganimda osma ukol olgandim, yana bir marta olsam, o‘tib ketadi deb o‘yladim» deyishadi. Kasallikning 6-7-kuniga borib, ularning ahvoli og‘irlashishni boshlayapti. Tomografiyaga tushishyapti, o‘pkaning jarohatlangani, suv yiqqanini ko‘rishyapti. Bu davrda endi biz ambulator sharoitda yordam berolmaymiz.

Osma ukollardan keyin, kasallikning 5-6-kunida o‘pka suyuqlik yig‘ishni boshlayapti, o‘pka shishi kelib chiqyapti. Hozirgi kunda o‘layotgan bemorlarning hamma tashxisini ko‘ring: o‘pka shishishi! Bular o‘zidan-o‘zi kelib chiqmayapti. Hammasi osma ukol ta’siri.

Buyraklarimiz u suyuqlikni chiqarib tashlashga ulgurmayapti. Bu yurak qobig‘ida ham suyuqlik yig‘ilishiga olib kelishi, jigarni ishdan chiqarishi mumkin.

Osma ukol olishdan avval albatta shifokor bilan maslahatlashing!

Odamlar osma ukollardan voz kechsa, O‘zbekistonda o‘lim ko‘rsatkichi kamayardi, — deydi ekspert.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring