Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: Zangiota shifoxonasida homilador ayollar va tug‘ilayotgan chaqaloqlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Koronavirus: Zangiota shifoxonasida homilador ayollar va tug‘ilayotgan chaqaloqlar to‘g‘risida ma’lumot berildi

Foto: SSV

Keyingi haftalarda O‘zbekistonda koronavirusga chalinish ko‘rsatkichlari nisbatan pasaymoqda. Ammo aholi «SOVID-19»ga qarshi yetarli darajada emlanmagan bir sharoitda xastalik xavfi yuqoriligicha qolyapti. Xo‘sh, bu borada Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida holat qanday?

Muassasa direktori Anvar Husanovning ma’lum qilishicha, 15-oktyabr holatiga ko‘ra, bu yerda 1350 nafardan ziyod bemor muolaja olmoqda. Ulardan 39 nafari o‘ta og‘ir, 219 nafari og‘ir, 933 nafari o‘rta og‘ir holatda. Shuningdek, jonlantirish bo‘limlarida 170 nafar bemor shifokor va hamshiralarning doimiy nazorati ostida. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Anvar Husanov

Bolalar o‘rtasida ham kasallikka chalinish ko‘rsatkichlari, afsuski, hanuz yuqori. Buni muassasada 18 yoshgacha bo‘lgan 167 nafar o‘g‘il-qiz (jami bemorlarning 12,3 foizi) davolanayotgani ham tasdiqlaydi. Ulardan 3 nafari ayni paytda jonlantirish bo‘limida muolaja olmoqda.

Binobarin, bemorlar orasida 122 nafar homilador ayol ham mavjud. Kecha bu yerda 2 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Natijada yil boshidan buyon Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida tug‘ilgan go‘daklar soni 377 nafarga yetdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring