Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus O‘zbekistonga qay darajada xavf tug‘dirmoqda?

Koronavirus O‘zbekistonga qay darajada xavf tug‘dirmoqda?

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati

Avval xabar qilganimizdek, Xitoyda koronavirusning yangi epidemiyasi yuzaga kelgan. Bu vaziyat O‘zbekiston uchun qay darajada xavfli? Ayni shu masalalar bo‘yicha O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Koronavirusi bilan kasallangan bemorlarning ko‘pchiligi tana haroratining yuqoriligi hamda nafas olishning qiyinlashishidan shikoyat qilishgan, shu sababli respublikamizdagi barcha xalqaro aeroportlarda tana haroratini o‘lchovchi uskunalar o‘rnatilib, mamlakatimiz hududiga kirayotgan har bir fuqaro ko‘rikdan o‘tkazilmoqda.

«O‘zbekiston havo yo‘llari» va «O‘zbekiston temir yo‘llari» orqali kirib kelayotgan yo‘lovchilar va tovarlar ustidan chegarada qat’iy tekshiruv choralarini ko‘rilgan. Respublika virusologiya ilmiy tekshirish institutida koronavirusga uchraganini gumon qilinganlar uchun maxsus boks tayyorlab qo‘yilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi aholidan shamollash va gripp kasalliklarini uy sharoitida davolamasliklarini so‘radi. Bu xavfli va yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Kasallik tarqalgan mamlakatlarda yashovchi, o‘quvchi, ishlovchilarning sog‘ligi bo‘yicha muammo uchraganda zudlik bilan O‘zbekiston elchixonasi yoki mahalliy sog‘liqni saqlash muassasalariga murojaat qilish lozim.

Eslatib o‘tamiz, koronavirusining birinchi vakili 2002 yil Xitoyda aniqlangan. Uxandagi hozirgi virus yangi avlod koronavirusi hisoblanib, hanuzgacha ayni bir davo vaksinasi ishlab chiqilmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring