Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Koreyada shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaroning kafilidan 70 mln so‘m undirildi

Koreyada shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaroning kafilidan 70 mln so‘m undirildi

Oxirgi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtincha ishlash uchun borgan fuqarolarimiz orasida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketish holatlari uchrayotgani, bu O‘zbekistonga ajratiladigan ishchi kvotalar soniga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, mamlakatimizdan borgan ishchilarning imidji tushib ketishiga sabab bo‘layotgani haqida xabarlar berilmoqda.

Shu bois, Koreyaga ishlash uchun borayotgan har bir yurtdoshimiz ketish oldidan uch tomonlama shartnomaga imzo chekmoqda. Shartnomada:

«Agarda o‘z ish joyimni sababsiz tashlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bo‘lsam, meni kafillikka olayotgan shaxs, ya’ni yaqin qarindoshimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uchun 2000 AQSh dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilishiga roziman», degan jumlalar bor. 

Ushbu rasmda Koreyaga ishlash maqsadida ketgan va shartnoma shartlarini buzgan qashqadaryolik fuqaro M.Aning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 392 000 so‘m undirganini ko‘rish mumkin.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, joriy yilning o‘tgan davrida o‘z ish joyini sababsiz tashlab ketgan qariyb 80 nafar hamyurtimizning kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million so‘m jarima undirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring