Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Komil Allamjonovga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Foto: Komil Allamjonov

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, Saidjonov Dilshod Madraximovich O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Agentlik rasmiy sayti xabar tarqatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosarining maqomi Prezident maslahatchisi o‘rinbosariga tenglashtirilgan.

D. Saidjonov shu vaqtga qadar Agentlikning Axborot siyosati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Saidjonovgacha bu lavozimda Avazbek Xodjimetov ishlab kelayotgan edi. Agentlik Xodjimetovning qaysi lavozimga o‘tganiga oydinlik kiritmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring