Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov so‘z erkinligi bo‘yicha bayonot berdi

Komil Allamjonov so‘z erkinligi bo‘yicha bayonot berdi

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bayonot bilan chiqish qildi.

«Barcha ommaviy axborot vositalariga!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yurtimizda so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash borasidagi islohotlar davom etmoqda.

O‘zbekiston — haqqoniy, xolis, xalqaro jurnalistik etika asosida ish olib boradigan har qanday xorijiy ommaviy axborot vositalariga ishlash uchun zarur sharoit yaratib, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi.

Ishlash prinsipidan, ular ilgari surayotgan masalalar bizning qarashlarimizni aks ettirishi yoki zid ekanidan qat’i nazar, betaraf va adolatli jurnalistika uchun erkin maydon yaratishga tayyormiz».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring