Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Komil Allamjonov rasmiy bayonot berdi

Komil Allamjonov rasmiy bayonot berdi

Foto: «aoka.uz»

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov «Facebook»dagi sahifasida rasmiy bayonot berdi.

«Veb-resurs egasi internet tarmog‘iga axborotni joylashtirishdan avval uning to‘g‘riligini tekshirishi, shuningdek joylashtirilgan axborotning noto‘g‘riligini aniqlagan taqdirda uni darhol o‘chirib tashlashi shart. 

Zero, amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarda bunday xatti-harakatlarning ta’rif-tavsifi va ularga belgilangan jazolar aniq ko‘rsatib o‘tilgan. 

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi Qonunida: «Ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatini yoki ishchanlik obro‘sini tahqirlash, shaxsiy hayotiga aralashish taqiqlanadi», deb belgilangan.

Shuningdek, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunda: «Axborotni buzib talqin etish va soxtalashtirish taqiqlanadi. Ommaviy axborot vositalari o‘zlari tarqatayotgan axborotning haqqoniyligi uchun axborot manbai va muallifi bilan birgalikda qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar», deya qayd etilgan. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, veb-saytning yoki veb-sayt sahifasining egasi, shu jumladan bloger Internet tarmog‘idagi o‘z veb-resursi orqali fuqarolarning sha’ni va qadr-qimmatiga yoki ishchanlik obro‘siga putur yetkazuvchi, ularning shaxsiy hayotiga aralashishga yo‘l qo‘yuvchi axborotni tarqatishi qat’iy man etilgan. 

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-moddasiga ko‘ra, haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitish — eng kam ish haqining 20 baravaridan 40 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi», deyiladi bayonotda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring