Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kimga aza, kimga...: Fors ko‘rfazi mamlakatlariga sayyohlar yopirilib kelishi kutilmoqda

Kimga aza, kimga...: Fors ko‘rfazi mamlakatlariga sayyohlar yopirilib kelishi kutilmoqda

Foto: «Turprom»

Xitoyda koronavirus tarqaganidan so‘ng, bu mamlakatga sayohatni mo‘ljallaganlar katta ehtimol bilan eng ko‘p chiptani Fors ko‘rfazi mamlakatlariga sotib olishlari kutilmoqda. Bu haqda Dubay sayyohlik kompaniyasi — «Atlantis Holidays» bosh direktori Diana Persan «RIA Novosti»ga ma’lum qildi.

Odamlar koronavirus tarqagani uchun Xitoy va unga tutash Osiyo mamlakatlariga sayohat rejalalarini o‘zgartirishga majbur bo‘lishmoqda. Natijada BAA va mintaqaning boshqa mamlatlariga sayyohlar oqimi har doimgidan kuchayishi kutilmoqda, dedi u.

O‘monning «Mezoon» sayyohlik kompaniyasida ishlovchi Saji ham hamkabining fikrini tasdiqlamoqda. Uning fikricha, Xitoyga borish rejasini o‘zgartirganlar uchun eng maqbul yo‘nalishlardan biri — Fors ko‘rfazi mamlakatlari, xususan, O‘mon. Xitoy epidemiyadan aziyat chekayotgan bir paytda Fors ko‘rfazi mamlakatlarida yilning eng yaxshi fasli hukmron. O‘mon Arabiston yarimorolidagi sohil bo‘ylab cho‘zilgan va eng xushmanzara mamlakatlardan sanaladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus Xitoyning Uxan shahrida 2019-yilning 31-dekabr kuni birinchi marta qayd etilgandi. Hozirgacha 106 kishi bu kasallik oqibatida dunyodan ko‘z yumgan, kasallanganlar soni 4515 kishi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring