Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Kaptiva»da bedarak yo‘qolgan 19 yoshli fuqaro topildi

«Kaptiva»da bedarak yo‘qolgan 19 yoshli fuqaro topildi

Joriy yilning 1-avgust kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumani Beltepa mahallasida yashovchi 19 yoshli K.Usmonov o‘zining  «Kaptiva» rusumli avtomashinasida uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv ishlari natijasida hamda fuqarolar bergan ma’lumotlarga asosan K.Usmonov Mirobod tumanida joylashgan Toshkent Temir yo‘l muhandislari instituti oldidan topilib, sog‘-salomat oila a’zolari bag‘riga qaytarilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi. 

Surishtiruv ishlari davom etmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring