Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jon Lennonning fortepianosi auksionda sotildi

Jon Lennonning fortepianosi auksionda sotildi

Foto: «Pixabay»

Qachonlardir afsonaviy «Bitlz» guruhi sardori Jon Lennonga tegishli bo‘lgan fortepiano AQShdagi kimoshdi savdosida sotildi. Savdoni o‘tkazgan «Gotta Have Rock and Roll» kompaniyasi saytida ma’lum qilinishicha, fortepiano 1872-yili yasalgan bo‘lib, Lennon taxminan 1966-yili uni sotib olgan.

Ekspertlarning fikricha, Lennon ayrim qo‘shiqlarini shu fortepianoda yozgan.

Keyinchalik u fortepianoni do‘stiga (kimligi noma’lum) sovg‘a qilgan...

Bevosita kimoshdiga qaytadigan bo‘lsak, undan «Gotta Have Rock and Roll» kompaniyasi 800 mingdan 1,2 million dollargacha ishlab olmoqchi edi. Biroq fortepiano uchun so‘nggi taklif 575 ming dollar bo‘ldi.

Xaridor — amerikalik musiqa sozlari kolleksioneri Jim Irsey. U «Twitter»dagi mikroblogida bu fortepianoga egalik qilish juda katta mas’uliyat ekanini va uni ko‘z qorachig‘idek asrashini bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring