Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jomboyda mudhish YTH — 22 kishi jarohatlandi, 1 yo‘lovchi vafot etdi. Shifokorlar Samarqandga samolyotda yuborildi

Jomboyda mudhish YTH — 22 kishi jarohatlandi, 1 yo‘lovchi vafot etdi. Shifokorlar Samarqandga samolyotda yuborildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Bugun, 3 sentyabrda, tahminan soat 07:00 da Samarkand viloyat Jomboy tuman Beshbola qishlog‘i xududida ISUZI rusumli avtobus bilan MAN yuk avtomashinasi to‘qnashuvi yuz bergan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berib o‘tdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, avtobusda 31 nafar yo‘lovchi bo‘lgan. Ularning 22 nafari turli darajadagi tan jarohati olgan, 1 nafar yo‘lovchi voqea joyida vafot etgan. Tez tibbiy yordam brigadasi voqea joyiga 5 daqiqada yetib borgan. Jami 8 ta tez tibbiy yordam brigadasi ko‘magida jarohatlanganlarning barchasi tezkor ravishda Jomboy tuman tibbiyot birlashmasiga olib kelingan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan bemorlarga o‘z vaqtida tezkor tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida sanitar aviatsiya xizmati orqali neyroxirurg, xirurg, travmatolog kabi qator tajribali mutaxassislar safarbar etildi. Ayni paytda yo‘l-transport hodisasi natijasida jarohatlanganlarning 6 nafari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand filialiga davolanish uchun ko‘chirilgan, 3 nafar bemorga Jomboy tuman tibbiyot birlashmasida, 13 nafar bemorga esa ambulator tibbiy xizmat ko‘rsatilmoqda.

Hozirda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan halokat oqibatida jabrlanganlarga yuqori malakali tezkor va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Qo‘shimcha dori-darmon va tibbiy vositalar yetkazib berildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring