Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi?

Jo Baydenning dastxati nimadan dalolat beradi?

Foto: TASS / EPA, Wikipedia.org

Insonning yozuviga qarab uning ichki dunyosini ko‘rish mumkin, deyishadi grafologlar. Masalan, siyosatchilarning dastxatlari sinchiklab o‘rganilsa, ular omma oldida o‘zlarini qanday tutishadi-yu, boshqalarga qanday siyosat o‘tkazishga urinishadi — bilib olish mumkin. Grafolog Anna Samoylenko AQShning yangi prezidenti Jo Bayden hamda uning «o‘ng qo‘li» — vitse-prezident Kamala Harrisning dastxatlarini o‘rgandi.

Jo Bayden — qat’iyatli yetakchi

Grafolog tushuntirishicha, Baydenning qat’iyatli insonligidan dalolat beruvchi dastxati u o‘z prezidentlik muddati davomida jamiyatdagi jahon tendensiyalariga tezkor javob bera olishidan so‘zlamoqda. Jo Baydenning intellektual boshqaruv uslubi Donald Trampning agressiv boshqaruv uslubidan keskin farqlanadi.

Anna Samoylenko: «Uning dastxatida u siyosat odamlar uchun xizmat qilishi lozim degan aqidaga amal qilishini ilg‘ash qiyinmas. Bayden insonlarning fikrini hisobga oladi, ularga tayanadi. Bu o‘z maqsadini qondirish yo‘lidagi yakkahukmronlik shakli emas».

Prezident imzosida ulkan loyihalarga aylanajak ambitsiyalar va e’lon qilingan maqsadlar seziladi. Biroq ular amalga oshadimi — yo‘qmi, birgina imzodan bilish qiyin, ammo ular ko‘tar-ko‘tar qilinishi aniq.

Samoylova, shuningdek, Baydenning dastxatida strategik tafakkur, uzoqni ko‘zlangan rejalar tuza olishni ko‘rgan. Yangi prezidentda global islohotlarga moyillik ham bor.

AQShning hozirgi yetakchisi e’tibor markazida bo‘lishni yaxshi ko‘radigan va o‘z o‘rnini hech qachon birovga berib qo‘yadiganlar sirasidan emas. Ikkinchi darajali rollar — Bayden uchun emas. Kerak bo‘lsa, saylovchilarining ishonchini saqlab qolish, Bayden keskin choralar ko‘rishga-da qodir.

Kamala Harris — hissiyotli yetakchi

Foto: TASS / EPA, Wikipedia.org

Bayden va Harrisning dastxatlaridagi umumiylik — namoyishkoronalik. Kamala Harris otashin nutqlari bilan ko‘pchilik diqqatini torta olish qobiliyatiga ega. Uning yozuvida tanlagan ijtimoiy yo‘nalishi aksini topgan: «Men — odamlar uchun, men — odamlar bilan birgaman». Grafolog vitse-prezident imijga katta e’tibor qaratishini ham payqagan.

Anna Samoylenko: «Kamala Harris yuksak lavozimda ishlasa-da, ayolligini unutmagan ilk rahbarlardan biri bo‘lishi mumkin».

Harrisning imzosida axborotni manipulyasiya qilish (kamaytirib yoki kuchaytirib ko‘rsatish) alomatlari bor. Shu bois yangi vitse-prezidentdan «aylanma» diplomatik javoblar chiqsa ajablanmaymiz. Harris — eng qiyin savollardan silliqqina chiqib keta oladiganlar sirasidan bo‘lishi mumkin: hamma narsa haqida — ammo hech narsa haqida gapiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring