Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzaxda kuchli qor sabab yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilar qutqarildi

Jizzaxda kuchli qor sabab yo‘lda qolib ketgan yo‘lovchilar qutqarildi

Foto: FVV

Jizzaxda qor ko‘p yog‘ishi oqibatida kuchli sovuqda qolib ketgan avtobus va yengil avtomobillar yo‘lovchilari qutqarib qolindi.

14 dekabr kuni soat 8:31 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining navbatchilik qismiga, «G‘allaorol-Qo‘ytosh 4R» yo‘lining 42-kilometrida qorning ko‘p yog‘ishi oqibatida avtobus va yengil avtomobillar yo‘lda qolib ketganligi to‘g‘risidagi xabar kelib tushdi.

Mazkur murojaat yuzasidan, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga chiqib ketadi.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida «ISUZU» rusumli avtobus, «Kobalt» va «Volga» rusumli yengil avtomobillar salonidagi 18 nafar fuqaro evakuatsiya qilindi. Bu orqali, qutqaruvchilar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yana bir ko‘ngilsiz holatni oldini oldilar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring