Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jizzax viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi

Jizzax viloyati hokimiga ikkita o‘rinbosar tayinlandi

Foto:«Jizzax.uz»

Bugun 19-yanvar kuni Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazildi.

Sessiyada Mustanov Abdivali Saidovich Jizzax viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarligiga, Sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga Qurilish vazirligi Pudrat va maxsus montaj ishlari bozorini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelayotgan Nazarov Baxrom Amonovich nomzodlarini tavsiya etdi.

Ushbu taklif Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Abdivali Mustanov shu vaqtga qadar Forish tumani hokimi vazifasida ishlab kelayotgandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring