Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax somsasiyu G‘ijduvon shashligi, Xorazm tuxum baragiyu, Qashqadaryo tandiri. Toshkentda mazali taomlar festivali o‘tmoqda

Jizzax somsasiyu G‘ijduvon shashligi, Xorazm tuxum baragiyu, Qashqadaryo tandiri. Toshkentda mazali taomlar festivali o‘tmoqda

Kecha, 9-avgust kuni poytaxt markazidagi Saylgoh ko‘chasida «Gastro Bazaar» birinchi xalqaro gastronomik festivali start oldi.

Unda O‘zbekistonning 12 ta viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrining eng mashhur restoranlari, qahvaxonalari, pitseriyalari va tamaddixonalari vakillari jamlandi.

Har biri o‘zining eng mazali taomlari bilan festival mehmonlarni xursand qilish niyatida.

Quyida ular tomonidan taqdim etilayotgan taomlar va narxlar bilan tanishishingiz mumkin.

  1. Andijon viloyati

Andijoncha osh – 10 000

  1. Namangan viloyati

Qotirma – 18000

Tandir somsa – 3500

  1. Farg‘ona viloyati

Farg‘ona palovi – 10000

Qo‘qon patir – 3000-6000

  1. Toshkent viloyati

Dimlama – 10000

Kabob – 9500

Palov – 12000

Tandir go‘sht – 20000

Baliq – 15000

Jo‘ja – 15000

  1. Toshkent shahri

To‘y oshi – 15000

Kabob – 7000

Yaxna moshxo‘rda – 8000

  1. Sirdaryo viloyati

Baliq – 75000

Sirdaryocha osh – 15000

Sirdaryo patiri – 4000

  1. Jizzax viloyati

Jizzax somsasi – 18000

Zomin tandiri – 90000/kg

Zomin qozon patiri – 30000

Baliq – 25000

Jiz – 25000

  1. Samarqand viloyati

Samarqand oshi – 12000

  1. Navoiy viloyati

Qozon kabob – 15000

Palov – 15000

Vaguri – 20000

  1. Buxoro viloyati

Baliq  – 70000/kg

Buxorocha osh – 15000

Kabob – 10000

Atala – 5000

  1. Xorazm viloyati

Tuxum barak – 12000

Baliq – 35000

Xorazmcha go‘shtli patir – 13000

Shivit oshi – 20000

Ushak barak – 14000

Xorazm oshi – 18000

Qizil patir – 8000

  1. Surxondaryo viloyati

Tandir go‘sht – 50 000

Tandir xasib – 25 000

Tandir tovuq – 15 000

Tandir kade – 200 000

Tandir sho‘rva – 15 000

  1. Qashqadaryo viloyati

Tandir go‘sht – 80 000/kg

Yaxna go‘sht – 70 000/kg

Qashqadaryo palovi – 15 000

  1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Chugara gurtak – 7000

Osh – 7000

Qovurdoq – 9000

Festivalning ikkinchi kunida Saylgoh ko‘chasida milliy va jahon oshxonalarining mahorat darslari, oshpazlar bellashuvlari, ko‘ngilochar tadbirlar namoyish etilmoqda.

Festival 11-avgustga qadar davom etadi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring