Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2022 saralashi startda. O‘zbekiston termasi Falastinga yo‘l oldi

JCh-2022 saralashi startda. O‘zbekiston termasi Falastinga yo‘l oldi

Foto: O‘FA matbuot xizmati

Qit’amizda Jahon chempionati-2022 ikkinchi saralash bosqichi uchrashuvlari start olish arafasida turibdi.

Saralash bahslarining «D» guruhidan o‘rin olgan O‘zbekiston milliy terma jamoasi ilk o‘yinini safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv 5-sentyabr kuni Al-Ram shahridagi Falastin terma jamoasining uy o‘yinlarini o‘tkazadigan «Faisal Al-Husseini» stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin bizning vaqtimiz bilan soat 19:00da boshlanadi.

Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi mazkur uchrashuvga tayyorgarlik doirasida 28 avgust — 3-sentyabr kunlari oralig‘ida poytaxtimizda yig‘in o‘tkazdi.

Bugun soat 16:05da terma jamoamiz Toshkent — Tel Aviv yo‘nalishida parvoz qiladi.

Terma jamoamiz bilan yo‘l oladigan futbolchilar:

  • Darvozabonlar: Sanjar Quvvatov («Paxtakor»), Eldor Suyunov («Paxtakor»), Botirali Ergashev («Dinamo»).
  • Himoyachilar: Yegor Krimets («Paxtakor»), Anzur Ismoilov («Lokomotiv»),  Doston Tursunov («Renofa Yamaguchi», Yaponiya), Islom To‘xtaxo‘jayev («Lokomotiv»), Sharof Muhitdinov («Nasaf»), Farrux Sayfiyev («Paxtakor»), Davron Hoshimov («Lokomotiv»), Hojiakbar Alijonov («Paxtakor»).
  • Yarim himoyachilar: Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Odil Ahmedov («Shanxay SIPG», Xitoy), Ikrom Aliboyev («Seul FK», Janubiy Koreya), Aziz G‘aniyev («Nasaf»), Oston O‘runov («Lokomotiv»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Sanjar Shoahmedov («Terengganu», Malayziya), Doston Ibragimov («Qizilqum»), Quvondiq Ro‘ziyev («Qo‘qon-1912»), Doston Hamdamov («Paxtakor»).
  • Hujumchilar: Eldor Shomurodov («Rostov», Rossiya), Igor Sergeyev («Paxtakor»), Temurxo‘ja Abduxoliqov («Lokomotiv»).
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring