Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti vafot etdi

Koreya Respublikasining sobiq prezidenti Chun Du Xvan 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda Yonhap agentligi ma’lum qildi.

«Sobiq prezident Chun Du Xvan seshanba kuni vafot etdi, bu haqda uning yordamchilari xabar berdi. U 90 yoshda edi», —deyiladi agentlik bayonotida.

1979-yilda Chun Du Xvan harbiy to‘ntarish uyushtirdi va Janubiy Koreyada hokimiyat tepasiga keldi. U 1988-yilgacha Ro De U prezident bo‘lgunga qadar o‘z lavozimida qoldi. 1996-yilda Ro De U va Chun Du Xvan korrupsiya va 1980-yildagi qo‘zg‘olonni bostirishdagi roli bo‘yicha ayblanib, sudlangan.

Shu yilning oktyabr oyida SSSR bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Ro De U vafot etgani haqida ma’lum bo‘lgandi. U 88 yoshda edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring