Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jahonda 152 million nafar bola qullarcha ishlatilmoqda

Jahonda 152 million nafar bola qullarcha ishlatilmoqda

Nigeriyada asirlikdan ozod etilgan bolalar.

Foto: «UNICEF Nigeria»

Jahon bo‘yicha yoshi yetmagan 152 million nafar bola qullarcha ishlatilyapti. Bu haqda «Deutsche Welle» BMTning Bolalar jamg‘armasiga asoslanib xabar berdi.

UNISEF xomcho‘t qilishicha, ana shuncha bolaning 72 million nafari Afrikada, 62 million nafari Osiyoda yashaydi. Bolalarning 70 foizidan ko‘prog‘i qishloq xo‘jaligi va hayot uchun xavfli sharoitlarda ishlatilmoqda.

G‘isht zavodida ishlovchi afg‘on qizi. Foto: «Sinxua»

Ekspluatatsiya qilinayotgan bolalar soni 2000-yildan 2016-yilgacha oraliqda 100 million nafarga ozaygandi. Biroq oxirgi uch yilda shu sur’at susayib ketayotgani UNISEFni tashvishlantirmoqda.

Bolalarni mehnat botqog‘idan xalos qilish uchun maktab ta’limini kengroq joriy etish va rivojlantirish kerak, deyishmoqda jamg‘arma vakillari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring