Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Italiyada FAOning bosh direktorligi uchun saylov o‘tkaziladi

Italiyada FAOning bosh direktorligi uchun saylov o‘tkaziladi

Foto: Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 22 iyun kuni Italiya poytaxti Rim shahrida BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Bosh qarorgohida navbatdagi konferensiyaning 41-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur nufuzli anjuman doirasida FAOning yangi Bosh direktori saylanishi kutilmoqda. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Gruziya Bosh vaziri maslahatchisi David Revazovich Kirvalidze nomzodlardan biri. U mamlakatda ikki marta qishloq xo‘jaligi vaziri, Qishloq xo‘jaligi masalalari bo‘yicha Parlament qo‘mitasining raisi sifatida faoliyat yuritgan.

FAO rahbarligiga Fransiya hamda Yevropa Ittifoqidan Katrin Jeslen-Laneyel nomzodlik qilmoqda.

FAOga boshchilik qilmoqchi bo‘lgan nomzodlardan yana biri Syuy Dun’yuy xalqaro hamkorlik bo‘yicha katta tajribaga ega, dunyodagi ochlik va qashshoqlikni bartaraf etishga qaratilgan loyihalari bilan katta muvaffaqiyat qozongan.

Joriy yilning 29 iyuniga qadar davom etadigan sessiyaning asosiy voqeasi ertaga, yakshanba kuni soat 10 00 da bo‘lib o‘tadi. Eng ko‘p ovoz to‘plagan nomzod Joze Gratsianu da Silvaning o‘rniga saylanadi. Ekspertlarning fikricha, saylov ikki bosqichda o‘tkaziladi. 28 iyun kuni FAO Kengashiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev ham ishtirok etib, bo‘lajak sessiyadagi FAO Bosh direktorligi uchun o‘tkaziladigan saylovda ovoz beradi.  

O‘zbekiston va FAO 2001 yildan bo‘yon hamkorlik qilib kelmoqda. Bundan besh yil avval mazkur tashkilotning O‘zbekistonda vakolatxonasi ochilgan bo‘lib, ayni paytda sheriklikdagi o‘ndan ortiq loyihalar faoliyat olib bormoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring