Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

IT-Park «Unbound Tashkent» bilan birgalikda xalqaro IT-tanlov uchun saralash turini o‘tkazmoqda!

IT-Park «Unbound Tashkent» bilan birgalikda xalqaro IT-tanlov uchun saralash turini o‘tkazmoqda!

Foto: IT-Park matbuot xizmati

2019-yilning 9-avgust sanasida Toshkent shahrida «FinTech Abu Dhabi» va «TIP Summit» global IT-tanlovlarining saralash turi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda IT-Park matbuot xizmati xabar berdi.

«FinTech Abu Dhabi» moliyaviy texnologiyalar sohasida startaplarni, «TIP Summit» esa «Tech For Good»  sohasidagi startaplarni to‘playdi, masalan HealthTech, Energy df EnvironmentTech shular jumlasidan. Butun dunyo miqyosidagi eng yaxshi startap-loyihalar saralanadigan tanlov finali Birlashgan Arab Amirligi poytaxti Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tadi. «Unbound» joriy yilda ushbu tur uchun mas’ul kompaniyaga aylandi.

«Unbound» – bu global innovatsion platforma bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab raqamli jamiyat orqali yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. «Unbound» kompaniyasining eng yirik hamkorlari – bu Facebook, Microsoft, Netflix, Huawei, Yahoo!, Mastercard, Bayer va jahonda mashhur bo‘lgan boshqa kompaniyalardir.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT-Park) «Unbound Tashkent»ning joriy yildagi tanlovni birgalikda tashkil etuvchisi va milliy hamkoriga aylandi.

«FinTech Abu Dhabi» final bosqichida butun dunyodan 50 ta startap-jamoa, «TIP Summit»da esa 15 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasidan tadbirda saralash turidan o‘tgan ikkita jamoa (1-FTAD, 1-TIP) ishtirok etadi.

«FinTech Abu Dhabi» va «TIP Summit» tadbirlarida ishtirok etish uchun arizalar joriy yilning 5-avgustiga qadar qabul qilinadi.

(Arizalarni hoziroq yuborishingiz mumkin, ma’lumot uchun telefon +998 90 325 03 33)

FTAD (FinTech Abu Dhabi)
TIP (Healthcare Envirotech Energytech)

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring