Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«IT Park» ochilishi marosimining yorqin lahzalari (video)

24-iyul kuni O‘zbekistondagi birinchi dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki – «IT Park»ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgani haqida avval xabar bergandik.

«Biz startap loyihalarini «boshdan-oyoq» qo‘llab-quvvatlab, jahon startaplari darajasiga chiqarmoqchimiz», — degan edi «IT Park» direktori Farhod Ibragimov.

Tantanali kecha mehmonlari «IT Park» bo‘ylab ekskursiya davomida mamlakatda startaplarni rivojlantirishga qaratilgan eko-muhit va infratuzilma bilan tanishishdi.

Birinchi startap loyihaga O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat Sodiqov sertifikat topshirdi.

«Xabar.uz» tomonidan tayyorlangan videorolikda ushbu marosimdan yorqin lavhalar namoyish etilgan.

Eslatib o‘tamiz, «IT Park» o‘zi nima? Nega aynan  Hindistondan tajribasi asosida barpo etildi? U mamlakatimizga, O‘zbekiston yoshlariga nima beradi, degan bir qator savollarga hindistonlik tajribali mutaxassis, maslahatchi Jayaram Partasarti bilan uyushtirilgan videointervyudan batafsil javob olishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring