Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ispaniyani ayollar boshqaradi(mi)?

Ispaniyani ayollar boshqaradi(mi)?

Foto:«Hurriyet»

Ispaniyada o‘tgan hafta shakllantirilgan yangi hukumatning 18 a’zosidan 11 nafari ayollardir. Bu haqda «Hurriyet» xabar bermoqda.

Ispaniyada o‘tgan hafta korrupsiyada ayblanib Mariano Raxoy hukumati iste’foga chiqqan edi. Yangi hukumatni Pedro Sanches shakllantirdi. Hukumat tarkibidan 11 nafar ayol o‘rin oldi. Bu dunyoda kamdan-kam kuzatiladigan holatdir.

46 yoshli iqtisodchi, professor Sanches iqtisodiyot, moliya, adolat, mehnat, ta’lim, mudofaa va sog‘liqni saqlash kabi muhim vazirliklarni ayollarga ishonib topshirdi.

Yangi tuzilgan tenghuquqlilik vazirligiga tayinlangan huquqshunos ayol Karmen Kalvo, ayni paytda, bosh vazir o‘rinbosari ham hisoblanadi.

Ispaniyadagi eng nomdor gazetalardan biri «El Pais»ning rahbarligiga ham ayol kishi tayinlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring