Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saylovdan so‘ng. Ispaniyada hukumat kimning qo‘liga o‘tdi?

Saylovdan so‘ng. Ispaniyada hukumat kimning qo‘liga o‘tdi?

Foto: «Euronews»

Kecha, 28-aprel kuni Ispaniyada navbatdan tashqari parlament saylovlari o‘tkazilayotgani haqida xabar bergandik.

Bugun, 29-aprel kuni tongiga qadar saylov byulletenlarining 99,9 foizi hisoblab bo‘lindi. Saylov yakunlariga ko‘ra, parlament quyi palatasidagi 350 o‘rindan 123 tasini qo‘lga kiritgan bosh vazir Pedro Sanches yetakchiligidagi Ispaniya sotsial ishchilar partiyasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Bosh vazir Pedro Sanches. Foto: «Canal N»

«Bu safargi saylovlar ispan xalqi Ispaniya sotsial ishchilar partiyasi kelgusi to‘rt yilda boshqaruvda bo‘lishini istashini ko‘rsatdi. Biz g‘olibmiz va Ispaniyani boshqaramiz», — dedi Pedro Sanches Madridda o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda.

Bosh vazir yangi hukumatni shakllantirish uchun muzokaralarga tayyorligini bildirib, bu «barcha ispanlarning hukumati» bo‘lishiga va’da berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring