Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ishdan haydalgan IIB boshliqlari o‘rniga yangilari tayinlandi

Ishdan haydalgan IIB boshliqlari o‘rniga yangilari tayinlandi

Xabar.uz

Ichki ishlar vazirligi hududiy tizimlarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Xususan, fermerlarni avtobusga qamagan "nachalnik melisa" o‘rniga yangisi qo‘yilgan.

O‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakuniga ko‘ra Kasbi tumani IIB boshlig‘i podpolkovnik Ch.Kucharov ishdan haydalgandi. Uning o‘rniga bugun podpolkovnik Farrux Ibragimov boshliq bo‘lgan.

Shuningdek, prezidentning Samarqandga tashrifi davomida Samarqand tumani va Jomboy tumani 4 sektor rahbarlari ham ishdan olingandi. Samarqand va Jomboy tumani hokimlari yanglangandi.

Bugun esa IIBga yangi boshliqlar tayinlandi. Podpolkovnik Amin Toshev Samarqand tumani, mayor Salimjon Shavmanov Jomboy tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring