Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Ipak va ziravorlar» festivalidagi kurash musobaqalarida xorijliklar ham gilamga chiqdi

«Ipak va ziravorlar» festivalidagi kurash musobaqalarida xorijliklar ham gilamga chiqdi

Foto: Sanjar Salimov

XVIII-Xalqaro an’anaviy «Ipak va ziravorlar» festivali loyihalaridan o‘rin olgan milliy kurash bellashuvlari «Ark» qo‘rg‘onida bo‘lib o‘tdi. 8 vazn toifasida o‘tkazilgan musobaqada 120 ga yaqin polvonlar o‘zaro bellashdi.

-Matonat va shijoat sifatini o‘zida mujassam etgan milliy kurash sportda alohida ko‘zga tashlangan. Kurashning bu turi milliy o‘yini sifatida qadrlanadi. Ayniqsa, kurash davomida aytiladigan «Halol», «Yonbosh», «Chala», «Dakki», «Tanbeh» singari sof o‘zbekona so‘zlar ushbu sport turi atamasi sifatida jahon bo‘ylab keng iste’molda qo‘llanmoqda. Bugungi festivalda kattalar qatori yosh kurashchilar ham o‘z mahoratini namoyish etishdi,-dedi viloyat  Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi direktori O‘tkir Najmiddinov.

Foto: Sanjar Salimov

Milliy kurash musobaqalari xorijlik tomoshabinlarning ham qiziqishiga sabab bo‘ldi. Buxorolik Nurbek To‘rayev bilan Italiyaning Turin shahridan kelgan sayyoh Jon Karlo kurashi qizg‘in taassurotlarga boy bo‘ldi.

- Men O‘zbekistonning milliy madaniyati, san’ati, xalq an’analari va urf-odatlariga lol qoldim. Ayniqsa, folklor dastalarning chiqishlari meni maftun etdi. Undan tashqari, polvonlarning kuch-g‘ayratini ko‘rib, lol qoldim. Bundan faqat hayratlanish, zavqlanish mumkin. Garchi g‘oliblikda ustun kelmagan bo‘lsam-da, o‘zim ham qiziqishlarim sabab, gilamga tushdim,- dedi Jon Karlo.

Musobaqada turkmanistonlik Astanaqul Begaliyev, Dayanch O‘mirov, buxorolik Malik Rabbonayev, Nurbek To‘rayev, Mirashraf Fozilov, Amirbek Abdullayev, Akmal Saidov, toshkentlik Abdulvosit Karimov, Temur Ibragimovlar gilam munosib taqdirlanishdi.

Laylo Hayitova

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring