Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Instagram» feyk nashrlarni aniqlash funksiyasini yo‘lga qo‘yadi

«Instagram» feyk nashrlarni aniqlash funksiyasini yo‘lga qo‘yadi

Foto: «Shutterstock»

«Instagram» ijtimoiy tarmog‘i o‘z foydalanuvchilariga feyk kontent haqida xabar beruvchi funksiyani ishga tushirmoqchi, deb xabar berdi «Poynter».

Endi «Instagram» foydalanuvchilari «nomuvofiq» va «feyk» kabi shubhali xabarlarni nashrning yuqori o‘ng burchagidagi uchta nuqtani bosish orqali aniqlashi mumkin.

Mutaxassislar tekshiruvidan so‘ng belgilangan xabarga rasman «feyk» tamg‘asini bossa bo‘ladi.

«Instagram» vakili Stefani Otueyning so‘zlariga ko‘ra, bunday nashrlar servis platformasidan yo‘qotilmaydi, lekin tegishli xeshteglar yordamida ularni bloklash qiyinmas.

Avgust boshida «Instagram» faoliyatida ommaviy nosozlik kelib chiqqandi. Bu muammo yuzasidan Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, AQSh, Rossiya va boshqa mamlakat foydalanuvchilari shikoyat qilib chiqishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring