Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Insoniyat tarixidagi birinchi «fermerlar» yashagan joy topildi

Insoniyat tarixidagi birinchi «fermerlar» yashagan joy topildi

Foto: Katherine Grillo

Olimlar sayyoramizdagi ilk fermerlarni aniqlashdi. Bu haqda «EurekAlert!» yozmoqda.

Xalqaro olimlar guruhi Tanzaniya, Keniya va Zambiya muzeylarida saqlanayotgan qadimgi insonlarning qoldiqlaridan olingan DNKlarni o‘rganishdi. Mutaxassislar jami 41 ta namunani tahlil qilib, oziq mahsulotlari ishlab chiqargan ilk odamlarning kelib chiqishi haqida tasavvurga ega bo‘lishdi.

Cho‘ponlar Afrikada birinchilardan paydo bo‘lgan. Sahroi Kabir janubida hozir ham ayrim xalqlar qo‘y-echkilar boqib yuradi.

Keniya va Tanzaniyada birinchi molboqarlar Afrika shimoli-sharqidan kelgan odamlar bo‘lgan. Qariyb 3 500—4 500 yillar burun ular Sharqiy Afrikaga kelib, mahalliy xalq bilan qorishib ketgan.

Cho‘ponlar suruvlar ortidan tinmay kezib yurgan, ular va ovchi-terimchilar o‘rtasidagi bu ihotalanish genetik tafovutni keltirib chiqargan. 1 200 yil avval esa ularning genetik fondini Afrika shimoli-sharqi va g‘arbidan kelgan xalqlar to‘ldirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring