Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Indoneziyalik mutaxassis: O‘zbekiston biz uchun Makka va Madinadan keyingi o‘rinda turadi

Indoneziyalik mutaxassis: O‘zbekiston biz uchun Makka va Madinadan keyingi o‘rinda turadi

Foto: «Xabar.uz»

Termizda o‘tayotgan baxshichilik festivalida ishtirok etayotgan indoneziyalik madaniyat xodimi, Maumere festivali direktori Agus Setiavan Basuni O‘zbekiston madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayevga murojaat qilib, o‘z takliflarini bildirdi.

— Indoneziyada millionlab musulmonlar yashaydi. Biz uchun Makka va Madinadan so‘ng O‘zbekistondagi qadamjolar muqaddasdir. O‘zbekistonga kelishim va Imom Buxoriyni ziyorat qilishimni bilganimda ko‘zlarimga yosh keldi. Men bu yerga kelishni har doim orzu qilganman.

Ammo Indoneziyadan O‘zbekistonga kelish ancha qiyin va noqulay. Chunki to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yilmagan. Singapur orqali uchishga va uzoq yo‘l bosishga to‘g‘ri keladi. Har ikki mamlakat o‘rtasida yo‘nalish ochilganda, Indoneziyadan O‘zbekistonga keladigan sayyohlar soni juda oshgan bo‘lardi.

Shuningdek san’at sohasida ham hamkorlik qilish uchun katta imkoniyatlarga egamiz, — deydi Agus Setiavan Basuni.

O‘zbekiston madaniyat vaziri bu taklifga quyidagicha javob qaytardi:

— O‘zbekiston havo yo‘llari kompaniyasi hozir bu yo‘nalishni o‘rganmoqda. Haqiqatan ham Indoneziyaga yo‘l ochmasak, Singapur va Turkiya orqali kelish ancha qiyin . Bu masala hukumat darajasida o‘rganilmoqda va yaqin o‘rtada nasib qilsa havo yo‘li ochiladi.

O‘zbekiston va Indoneziya xalqining mushtarak jihatlari juda ko‘p. Biz Imom Buxoriy merosini o‘rganish va hadisshunoslik maktablarini ochishga katta e’tibor qaratmoqdamiz, — deydi vazir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring