Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ilm-fan va texnologiyalarda ayollar: texnologik trendlardan kelajak kasblarigacha

Ilm-fan va texnologiyalarda ayollar: texnologik trendlardan kelajak kasblarigacha

Foto: Inha universiteti matbuot xizmati

Bugun, 26-mart kuni Toshkentdagi Inha universitetida Markaziy Osiyo haftaligi doirasida «Ilm-fan va texnologiyalarda ayollar» tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Universitet matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbirda Kremniy vodiysi va Buyuk Britaniya kompaniyalari, Markaziy Osiyo mamlakatlarida faoliyat yurituvchi investorlar, ishbilarmonlar, olimlar, ekspertlar ishtirok etishdi.

Foto: Inha universiteti matbuot xizmati

Ular o‘zbekistonlik qiz va ayollarni innovatsion kasblarga, ijtimoiy va biznes-loyihalarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, Markaziy Osiyodagi hamkasblar bilan tajriba almashish, mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash, Qoraqalpog‘istonda ekologiya va barqaror rivojlanish muammolariga e’tibor qaratish masalalarini muhokama qilishdi.

Foto: Inha universiteti matbuot xizmati

Seminarlar sho‘’balarga bo‘lingan holda turli auditoriyalarda o‘tdi, tinglovchilar o‘zlari uchun qiziqarli bo‘lgan mavzu va ma’ruzalarni tanlash imkoniga ega bo‘lishdi. Mavzular turlicha bo‘ldi: ilm-fanda investitsiyalar, IT, sun’iy intellekt, startaplar, ijtimoiy rivojlanish, texnologik trendlar va kelajak kasblari, startaplar va iqlimning o‘zgarishi va hokazolar.

Foto: Inha universiteti matbuot xizmati

Ma’ruzalarni Google, Symantec, Apple, Zenefits, LinkedIn, Mozilla Corp, GoDaddy, Northgate Environmental Management, Lockheed Martin, Salesforce, Juniper Networks, Silicon Valley Social Ventures, Fast Forward, Unity Technologies kabi nufuzli kompaniyalar vakillari o‘qishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring